Jahon | 21:54 / 30.08.2018
22012
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropalik kardiologlar qon bosimi me'yorlariga o‘zgartirish kiritishdi

Foto: Depositphotos

Myunxendagi anjumanda Yevropa kardiologiya jamiyati (ESC) va Gipertoniyani davolash bo‘yicha Yevropa jamiyatining (ESH) yangi tavsiyalari taqdim qilindi. Ushbu tavsiyalar European Heart Journal nashrida chop etilgan.

2013 yildagi avvalgi tavsiyalarga nisbatan arterial gipertenziyani davolash bo‘yicha yangi yo‘riqnomada bir nechta muhim o‘zgarishlar paydo bo‘lgan. Agar avval ushbu kasallikni davolashda qon bosimini 140 mmga 90 mm simob ustunidan pastroq ko‘rsatkichlarga tushirish maqsad qilingan bo‘lsa, endi me'yorning eng yuqori chegarasi 130 mmga 80 mm hisoblanadi. 

Bunda 65 yoshdan kichik ko‘pchilik bemorlarda sistolik (yuqori) bosim ko‘rsatkichlari 120-129 mm simob ustuni oralig‘ida bo‘lishi maqbul hisoblanadi. 65 yoshdan katta odamlarda esa avval sistolik bosimning ko‘rsatkichlari 140-150 mm simob ustuni bo‘lgani me'yor hisoblangan bo‘lsa, endi shifokorlar bu ko‘rsatkichlarni 130-139 mm simob ustuniga tushirishlari zarur. Shunday ko‘rsatkichlar 80 yoshdan kattalarga agar ular gipertoniyani davolashni yaxshi o‘tkaza olsalar, tavsiya qilinadi. Bungacha bunday yoshdagi bemorlarning sistolik bosimini 140-150 mm simob ustuniga tushirish tavsiya qilingan.

Bundan tashqari, gipertoniyani davolash natijasida diastolik (pastki) bosim barcha guruhdagi bemorlarda xatar darajasidan qat'iy nazar 90 mm simob ustunigacha emas, balki 80 mm simob ustunigacha tushirilishi lozim.

Mavzuga oid