Jahon | 07:57 / 31.08.2018
6998
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropaning eng yirik yuk portidan 112 tonna kobalt metali o‘g‘irlab ketildi 

Foto: Pixabay

Niderlandiyaning Rotterdam shahrida joylashgan, Yevropaning eng yirik yuk portidan umumiy qiymati 10 mln dollardan oshuvchi 112 tonna kobalt metali o‘g‘irlab ketilgan. 

Kanadaning Cobalt 27 Capital Corp. kompaniyasi bayonotida aytilishicha, o‘g‘rilik Vollers Group. kompaniyasiga tegishli omborda iyul oyida sodir etilgan. Cobalt 27 o‘g‘rilikdan ko‘rgan yo‘qotishini 76 tonna kobaltga baholagan. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, metall to‘liq sug‘urtalangan bo‘lgan. 

Kobalt litiy-ion akkumulyatorlarini ishlab chiqarishdagi eng muhim komponentlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 2-choragida uning narxi elektromobillar ishlab chiqaruvchilari tomonidan talabning oshishi va uning yetkazib berilishida to‘xtab qolishlar yuz berishi xavotiri sababli 10 yil ichidagi maksimum qiymatga (bir funti uchun 44 dollar) ko‘tarilgan. Shundan keyin kobalt qazib oluvchi kompaniyalar uning olinishi hajmini oshirishgan va buning natijasida metall narxi bir funt uchun 35 dollargacha arzonlashgan.

Mavzuga oid