Sport | 23:15 / 31.08.2018
50922
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlarida yakuniy musobaqalar. O‘zbekiston oltinlar shodasi kutmoqda

Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etadi.

Asosiy musobaqalar yakunlanadigan 1 sentabr kuni o‘zbekistonlik 28 nafar sportchi yakkalik va jamoa holda 5 sport turi bo‘yicha bahs olib borishadi.

Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan quyida tanishish mumkin.

Triatlon
Aleksandr Kurishov. Individual standart. Final. 05:30

Baydarka va kanoeda eshkak eshish
Artur Guliyev, Elyorjon Mamadaliyev. Ikkitalik. S2 × 200 m. Final. 07:00
Olga Umaraliyeva. Yakkalik K1 × 200 m. Final. 06:30
Dilnoza Rahmatova. Yakkalik S1 × 200 m. Final. 06:40
Ye. Shubina/Yu.Borzova. Ikkitalik K2 500 m. Final. 08:00
N.Kazantseva, Yu.Borzova, Ye.Shubina, K.Kochneva. To‘rttalik K4 500 m. Final. 09:30

Dzyudo
Ayollar jamoasi. Saralashdan finalgacha. 07:00-10:00. 14:00-16:00
Erkaklar jamoasi. Saralashdan finalgacha. 07:00-10:00. 14:00-16:00

Sambo
Kamoliddin Xolmatov. -90 kg. Saralashdan finalgacha. 08:00-10:00. 14:00
Ne'mat Yoqubov. -90 kg. Saralashdan finalgacha. 08:00-10:00. 14:00
Gulmira Ismatova. -68 kg. Saralashdan finalgacha. 08:00-10:00. 14:00
Nilufar Davletova. -68 kg. Saralashdan finalgacha. 08:00-10:00. 14:00

Boks. Final
Hasanboy Do‘smatov - Amit (Hindiston). 12:00
Jasurbek Latipov - Ladon Rogen (Filippin). 12:15
Miraziz Mirzaxalilov - Jo Hyo Nam (KXDR). 12:30
Shunqor Abdurasulov - Erdenebet Tsendbatar (Mo‘g‘uliston). 12:45
Iqboljon Xoldorov - Batarsuk Chinzorik (Mo‘g‘uliston). 13:00
Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston). 13:15
Isroil Madrimov - Amankul Abilxan (Qozog‘iston). 13:30.

31 avgust kuni O‘zbekiston delegatsiyasi 4ta bronza medal bilan boyidi. Sambochilar ikkita, dzyudochilar ikkita medalni delegatsiya hisobiga qo‘shib qo‘yishdi. 

Bugungi bahslardan keyin O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi bronza medallar soni 23taga yetdi. O‘zbekiston umumiy reytingda 57 medal bilan (15 oltin, 19 kumush va 23 bronza) yettinchi o‘rinda qolmoqda.

Mavzuga oid