O‘zbekiston | 08:50 / 31.08.2018
16501
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyobonidagi xotirlash marosimida ishtirok etdi

31 avgust - Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan Shahidlar xotirasi xiyobonida xalqimiz ozodligi yo‘lida fido bo‘lgan insonlarni xotirlash marosimi o‘tkazildi. 

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Qur'on tilovat etilib, qatag‘on qurbonlari ruhiga duo qilindi. Elga osh tortildi.

Davlat rahbari diniy ulamolar, ta'lim sohasi mutasaddilari bilan suhbatda vatanparvar insonlarni e'zozlash, yoshlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalash, ularda buyuk bobolardek bo‘lishga intilishni kuchaytirish zarurligini ta'kidladi. Buning uchun O‘zbekiston Islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi va oliy ta'lim muassasalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, ta'lim dasturlarini takomillashtirish kerakligi qayd etildi.

 

 

Mavzuga oid