Allergiyaning eng ko‘p tarqalgan 10 sababi
Allergik reaksiyaga sabab bo‘luvchi ko‘p omillar talaygina, organizm ba'zan bir qarashda mutlaqo zararsizdek ko‘ringan o‘simliklar changi, jonivorlar juni, oziq-ovqat mahsulotlari kabilardan himoyalanganda allergiya yuzaga keladi. Allergiya yengil kechishi ham, hayotga xavf soladigan darajada og‘ir o‘tishi ham mumkin.
O‘simlik changi
Turli o‘simliklar, daraxtlar, o‘t va butalarning changlari mavsumiy allergiya yoki pollinozni keltirib chiqaradi. Aksirish, burun bitishi yoki rinoreya, ko‘z qichishi va ko‘p ko‘z yosh ajralishi pollinoz belgilari hisoblanadi. Kasallikka qarshi kurashda shifokor retsepti bilan va retseptsiz sotiluvchi dori vositalari hamda allergen-spetsifik immunoterapiya yordam beradi. Belgilar paydo bo‘lishi oldini olish maqsadida o‘simliklar changi maksimal qayd etiluvchi shamol esgan kunlari uyda qolishni, deraza oynalarini yopishni va konditsioner yoqishni tavsiya qilamiz.
Jonivorlar
Uy hayvonlarini ko‘pchilik yaxshi ko‘radi, albatta, biroq sizda uning so‘lagidagi moddalar va terisidagi yog‘ bezlari sekretsiyasiga allergiya paydo bo‘lishi mumkin. Ta'kidlash joizki, allergiya darhol yuzaga kelmaydi: uning belgilari paydo bo‘lishigacha 2 yil o‘tishi ham mumkin. Jonivorlarga nisbatan allergiyaning oldini olish uchun uni aslo yotoqxonaga qo‘ya ko‘rmang, uzun junli gilamlardan voz keching, ularni yuvilishi oson bo‘lgan gilamchalarga almashtiring, shuningdek uy hayvonlarini muntazam ravishda yuvintirib turing. Jonivor juniga allergiya paydo bo‘lgan taqdirda, allergen-spetsifik immunoterapiya yaxshi samara beradi.
Chang mitalari
Bu mitti qo‘ng‘izchalar choyshablar, matraslar, mebel qoplamalari, gilamlar va pardalarda yashaydi. Ular odamlar va hayvonlar terisining o‘lik hujayralari, shuningdek o‘simliklar changi, bakteriyalar va zamburug‘lar bilan oziqlanadi. Ular namlik darajasi yuqori bo‘lgan inshootlarda bo‘ladi. Chang mitalaridan qutulish uchun choyshabni almashtirish, ularni har hafta qaynoq suvda yuvish va matraslarni ham gipoallergen material bilan qoplash kerak bo‘ladi. Gilam, parda va yumshoq o‘yinchoq kabi chang yig‘uvchilarning esa imkon qadar uyda bo‘lmagani yaxshi.
Hasharotlar chaqishi
Allergiya yuzaga kelgan holatda hasharot chaqqan joyda haftalab yoki undan-da uzoq vaqt yo‘qolmaydigan shish va qizarish kuzatiladi. Insonning ko‘ngli aynishi, charchoq va yengil qizish his qilinishi mumkin, kamdan-kam holatlarda organizmda hayot uchun xavf tug‘diruvchi reaksiyalar ketma-ketligini yuzaga keltiradi, buni anafilaktik shok deb ataladi. Bunday vaziyatda tezda organizmga adrenalin deb ataluvchi dori vositasini kiritish zarur, shuningdek shifokor allergen-spetsifik immunoprofilaktikani tavsiya qilishi ham mumkin.
Mog‘or
Mog‘or o‘sishi va ko‘payishi uchun uy yerto‘lasida yoki vanna xonalaridagidek namlik kerak bo‘ladi, ular shuningdek maysalar va chiqindilarda ham bor. Mog‘or zamburug‘lari nafas olganda allergik reaksiya keltirib chiqarishi mumkin. Uyingizdagi nam joylarni havo yetkazuvchi maxsus qurilmalar bilan jihozlang.
Oziq-ovqat mahsulotlari
Eng ko‘p allergiya yuzaga keltiruvchi mahsulotlar sut mahsulotlari, dengiz mahsulotlari, baliq, tuxum, yong‘oqlar, donli mahsulotlar va soyadir. Mahsulotlarni iste'mol qilganingizdan so‘ng sanoqli daqiqalarda nafas olish qiyinlashishi, bo‘g‘ilish, qichish, ich ketishi, qayt qilish, ko‘z atrofi shishishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Jiddiy reaksiya yuzaga kelgan taqdirda darhol tez tibbiy yordam chaqiring, zero organizmga adrenalin talab qilinishi mumkin.
Lateks
Qo‘lqoplar va boshqa tibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqarishda lateksdan foydalaniladi. Lateksga allergiya belgilari - toshmalar, teri qichishishi, ko‘z qizarishi, burun bitishi va aksirish, ba'zi holatlarda allergen nafas olishning qiyinlashishi va anafilaktik shokkacha olib kelish ehtimoli bor. Allergiyaga moyilligi bo‘lgan insonlar yonlarida adrenalinli shprits va allergiyaga qarshi dori vositalarini olib yurganlari ma'qul.
Dorivor preparatlar
Penitsillin, aspirin va boshqa dori vositalari ko‘zlarning qizarishi, qichishish, yuz, og‘iz va tomoq shishishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar sizda preparatga allergiya bo‘lsa, aslo uni qabul qila ko‘rmang! Muqobil dori vositasini faqat davolovchi shifokoringiz tavsiya qila oladi.
Suvaraklar
Bu yoqimsiz hasharotlarning ekskrementlarida allergen hisoblanuvchi maxsus oqsil bor. Agar siz issiq iqlim yoki ko‘p xonali uyda yashasangiz, suvaraklardan qutulish katta muammoga aylanishi mumkin, chunki bir xonadan boshqasiga o‘tish ularga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Oshxonada doim tozalikka rioya qilish muhim, pol, devorlar va deraza oynalaridagi teshikchalar yoki darz ketgan joylarni yopish kerak. Bu murakkab kurashda insektitsidlarga murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
18:52 / 05.08.2024
Shifokor alomatlarsiz isitma haqida ma’lumot berdi
14:11 / 24.11.2023
Allergik kasalliklar ko‘rsatkichlari yuqori hududlarda ommaviy skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi
20:12 / 23.09.2023
Kuzda allergik kasalliklar kuchayishiga ta’sir qiladigan omillar aytildi
10:09 / 16.03.2023