Shavkat Mirziyoyevning keyingi ikki oy ichidagi tig‘iz uchrashuvlar grafigi ma'lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 sentabr kuni Qirg‘izistonga amaliy tashrif bilan boradi. Prezident Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida o‘tadigan Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyevning sentabr oyidagi safarlari shu bilan yakunlanmaydi. Prezident 27-28 sentabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammiti ishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Tojikistonga borishi kutilmoqda.
Qisqa muddat ichida, ya'ni 2 oktabr kuni Shavkat Mirziyoyev Hindistonga jo‘nab ketadi. So‘ngra, 9-10 oktabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Fransiyada prezident Emmanuel Makron bilan oliy darajadagi uchrashuvda ishtirok etadi.
«Kun.uz» axborot manbasiga ko‘ra, Toshkent 5 sentabr kuni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 13-14 sentabr kunlari esa Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga keladi. Oktyabr oyida davlat tashrifi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Toshkentda bo‘lishi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi belgilangan.
Amalga oshirilgan tashriflar ichida Qozog‘istonga 6 marta borgan Shavkat Mirziyoyev shu paytgacha Rossiyaga 4 marta tashrif buyurgan. Shuningdek, Turkmanistonga ham 4 marta tashrif amalga oshirilgan, bundan tashqari AQSh va Xitoy davlatlariga ikki martadan borilgan.
Mavzuga oid
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024