Jakarta sport shaharchasidagi «hurmat taxtasi»: sportchilarimiz surati devorni to‘ldirdi
Indoneziyada bo‘lib o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik atletlar yashagan sport shaharchasidagi mehmonxonada ham o‘ziga xos kimo‘zarga bellashuv bo‘lib o‘tdi.
MOQ xodimi Kamoliddin Ergashevning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, oltin, kumush va bronza medal olgan sportchilarimizni sportchilar istiqomat qiladigan mehmonxonadagi «hurmat taxtasi»ga ilish Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Islom birdamlik o‘yinlari chog‘ida ilk bor joriy etilgan. (Eslatib o‘tamiz, Ozarboyjondagi turnirda O‘zbekistonlik sportchilar 15ta oltin, 17ta kumush va 31ta bronza — jami 63 medal bilan 54 ta musulmon davlatlar orasida 4-o‘rinni egallagan edi).
Bu go‘zal an'ana Jakartada ham davom ettirilgan. Bizning tashkilotchilardan o‘rnak olib, shu mehmonxonada yashovchi Filippin, Qirg‘iziston, Malayziya kabi davlatlardan kelgan delegatsiyalar ham sovrindor sportchilarning suratlarini ila boshlashgan.
Albatta, bu boradagi kichik «musobaqa»da ham o‘zbekistonlik sportchilar g‘olib chiqishdi — sovrindor sportchilarimizning suratlarini ilish uchun devor yuzasi torlik qilib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, yakuniga yetgan XVIII Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 21ta oltin, 24ta kumush, 25ta bronza — jami 70 ta medal bilan mazkur qit'a turniri tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etishdi.
Mavzuga oid
15:21 / 20.12.2024
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
11:58 / 24.02.2021
Jakarta–Samarqand charter aviaqatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilyapti
16:24 / 09.01.2021
Jakartadan uchgan Boeing 737 bir daqiqa o‘tib suvga quladi
09:21 / 24.03.2020