O‘zbekiston | 16:35 / 03.09.2018
15960
1 daqiqa o‘qiladi

Sardor Rustamboyev Fransiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Foto: O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi

O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchisi etib tayinlangan Sardor Rustamboyev prezident Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Fransiya Respublikasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti va xalqini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan yana bir bor tabriklab, mamlakatga farovonlik hamda barqarorlik tiladi.

Makron O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini ijobiy baholadi hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun respublika rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, O‘zbekiston prezidentining Parijga rejalashtirilgan rasmiy tashrifi nafaqat ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish, balki, ayni paytda mavjud xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilish imkoniyatini beradi.

Marosim yakunida davlat rahbari diplomatni yana bir bor muborakbod etdi va o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.

Mavzuga oid