Jahon | 20:55 / 05.09.2018
24490
1 daqiqa o‘qiladi

AQShga Dubaydan kelgan samolyot yo‘lovchilari orasida noma'lum kasallik tarqaldi

Foto : Larry Coben ‏

Emirates aviakompaniyasining Dubaydan Nyu-Yorkka parvoz qilgan 203-reysi yo‘lovchilari karantinga joylashtirildi. Bu haqda Flightradar24 portali xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, bunga samolyotda yuzga yaqin kishining noma'lum kasallikdan kasallangani sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilarda tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal boshlangan.  

Keyinroq Emirates faqat 10 kishi kasal bo‘lib qolgani va ularni shifokorlar tekshirayotganini ma'lum qilgan.

Yo‘lovchilar o‘zlarini yomon his qilayotganlari haqida samolyot sardori ma'lum qilgan. U yo‘lovchilardan ikki nafarida kuchli isitmalash borligini, 100 ga yaqin yo‘lovchi esa to‘xtovsiz yo‘talayotganini ma'lum qilgan. Jon Kennedi nomidagi aeroportda samolyotni Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi xodimlari va politsiyachilar kutib olishgan. 

Ta'kidlanishicha, samolyot bortida 520ga yaqin odam bor bo‘lib, samolyot aeroport terminalidan nariroqda ushlab turilibdi.

Mavzuga oid