O‘zbekiston | 13:12 / 07.09.2018
5832
1 daqiqa o‘qiladi

Nabijon Qosimov Shveytsariya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi 

Bern shahrida O‘zbekiston Respublikasining Shveytsariyadagi favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Berlinda) Nabijon Qosimov Shveytsariya Konfederatsiyasi prezidenti Alan Bersega ishonch yorlig‘ini topshirdi.

Kun.uz’ga O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi xabar berishicha, marosim doirasida O‘zbekiston-Shveytsariya munosabatlarining holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

A.Berse ikki tomonlama munosabatlar darajasiga yuksak baho berdi va Shveytsariya Konfederatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi bilan ko‘p qirrali muloqotni mustahkamlash hamda ikki tomonlama darajada ham, xalqaro tashkilotlar doirasida ham hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Shveytsariya prezidenti O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini ma'qullab, Shveytsariya tomoni ularni amalga oshirishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini aytdi. A.Berse Mustaqillik kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqi va rahbariyatiga o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.

Mavzuga oid