O‘zbekistonlik ikki chavandoz FEI World Jumping Challenge finaliga chiqdi
FEI World Jumping Challenge final musobaqalarining ikkinchi kunida o‘zbekistonlik ikki chavandoz yo‘nalishni jarima ochkolarisiz bosib o‘tib, muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Biroq tajribali sportchilar ishtirokidagi ikkinchi yo‘nalish kuchli raqobat ostida o‘tdi. Finalchilar o‘nligi 8 sentabr kuni uch yo‘nalish bo‘yicha aniqlandi.
O‘zbekistonlik Saidamir Turg‘unboyev va Abdushukur Sobirjonovlar yuqori o‘rinlarni egallashmagan bo‘lsa-da, finalga chiqish uchun asosiy vazifani hal qilishdi hamda eng yaxshi sportchilar o‘nligidan o‘rin olishdi, deya xabar beradi O‘zbekiston otsporti va yilqichilik federatsiyasi matbuot xizmati.
FEI World Jumping Challenge final musobaqalarning finali bugun, 9 sentabrda bo‘lib o‘tadi. Sportchilar uzoq kutilgan g‘alaba uchun teng sharoitda kurashadi, unda oldingi musobaqalarning jarima ochkolari hisobga olinmaydi.
Mavzuga oid
19:12 / 26.06.2023
Milliy gvardiyaning ot sporti maktabiga 200 ming dollarlik otlar xarid qilinadi
18:45 / 17.03.2023
«Har bahorda shu bo‘lar takror» - final chiptalari qo‘lga chiqib ketgan
08:18 / 07.10.2021
Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi «Millatlar kubogi»ning final bosqichida qatnashdi
08:02 / 16.08.2021