Hukumatning Norin tumani bo‘yicha qarori qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining Norin tumanida sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda aytilishicha, respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish obektlariga tashrif buyurish orqali Norin tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kompleks o‘rganib chiqilgan.
Namangan viloyatining Norin tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini kompleks o‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla, tuman va viloyat darajasida hal etilishi talab qilinadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mintaqaviy “yo‘l xarita”lari ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan.
2018-2019 yillarda Namangan viloyatining Norin tumanida kafolatli ish o‘rinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.
Namangan viloyati hokimligi:
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning tashabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta'minlasin hamda bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlari o‘zlashtirilishini va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutadi;
muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.
Namangan viloyati hokimligiga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va xizmat ko‘rsatuvchi banklar bilan kelishgan holda, loyihalarning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda “Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida 2,2 ming kvadrat metr maydonda joylashgan bino va inshootlardan foydalangan holda “Yoshlar mehnat guzari” majmuasi va “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazini mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etadi hamda mazkur obektlarni qurish va qayta ta'mirlashda davlat-xususiy sherikchiligi asosida investorlarni jalb etsin hamda 2019 yil yakuniga qadar foydalanishga topshiradi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Adliya vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Namangan viloyati hokimligi, O‘zbekiston musulmonlar idorasining har chorakda ma'naviyat va ma'rifat oyligi tadbirlarini 2019 yildan boshlab o‘tkazish taklifiga rozilik berildi. Bunda:
huquqiy madaniyatni oshirish, jamoatchilik orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish;
yoshlar o‘rtasida erta oila qurish va ajralishlar muammolari yuzasidan oilalar va jamoatchilik o‘rtasida tashviqot ishlarini olib borish;
sport va jismoniy madaniyat orqali sog‘lom turmush tarzini jamoatchilik o‘rtasida keng miqyosda targ‘ib qilish;
yoshlar o‘rtasida “guruhbozlik”ka salbiy munosabatni shakllantirish, keksalarni e'zozlash, yoshlarni milliy an'analarga nisbatan hurmatda bo‘lish ruhida tarbiyalash, yot g‘oyalardan, dushmanlik fikrlaridan himoya qilish, o‘tmishdagi avlodlarimizning milliy an'analariga hurmat va g‘ururlanish kayfiyatini uyg‘otish masalalarini inobatga olish tavsiya etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Namangan viloyati hududida joylashgan madaniy va arxeologik meros obektlari holatini har tomonlama o‘rganib chiqib, belgilangan tartibda ro‘yxatga olish, ulardan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
21:36 / 24.10.2024
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tugatildi va Migratsiya agentligi tashkil etildi
18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
18:28 / 26.09.2024