Video: Tojikiston hukumati va muxolifati vakillari YeXHT yig‘ilishida mushtlashib ketishdi
Varshavada Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha yig‘ilishi doirasida Tojikiston delegatsiyasining a'zolari va Tojikiston muxolifati tarafdorlari o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Tojikiston muxolifati vakili Orzu Sulaymoniy yig‘ilish o‘tkazilgan mehmonxonadan chiqib, ushbu davlatdan kelgan rasmiy delegatsiya vakili bilan munozaraga kirishmoqchi bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Tojikiston Islomiy uyg‘onish partiyasi sobiq a'zosi Ayomiddin Sattorov bilan suratga tushishni xohlagan.
Rasmiy Dushanbe vakili avvaliga raqibining yuziga musht tushirgan, so‘ng oyog‘i bilan zarba bergan. Mushtlashuv mehmonxona xodimlari tomonidan tezda to‘xtatildi.
YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosidan xabar berishlaricha, ayni vaqtda vaziyatni o‘rganib chiqishmoqda.
Mavzuga oid
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024
Imomali Rahmon bolalar va o‘qituvchilarni o‘zini kutib olish tadbirlariga chaqirishni taqiqladi
08:47 / 30.08.2024