O‘zbekiston | 01:03 / 13.09.2018
5396
2 daqiqa o‘qiladi

Ulan-Batordagi iqlim o‘zgarishiga doir haftalikda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda

Joriy yilning 10-15 sentabr kunlari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida “Iqlim o‘zgarishiga moslashish vositasi sifatida o‘rmonlar va o‘rmon daraxtlarining mahalliy ekotiplari manbalarini rivojlantirish istiqbollari”  haftaligi o‘tkazilmoqda. 

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda qator halqaro tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur haftalikda dunyoning 10 dan ortiq davlati, jumladan,  O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

Haftalikda ishtirok etuvchi davlatlar o‘rtasida hududlarning o‘rmon xo‘jaligi sharoitlarini hisobga olib, o‘rmonchilik bo‘yicha mavjud qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan qator hujjatlar imzolandi.

Unga ko‘ra, kelgusida aholining ekologik savodxonligini oshirish bo‘yicha loyihalar soni oshirilishi belgilangan.

Haftalik yakuniga qadar yuqori sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetishtirish, tabiiy, xususan, yer, suv, havo, iqlim va genetik resurslarni barqaror boshqarish, ulardan samarali foydalanish kabi muhim masalalar yuzasidan turli seminarlar davom etadi.

Mavzuga oid