«Florens» dovulining dastlabki qurbonlari haqida xabar qilindi
AQSh sharqiy sohillariga yetib kelgan "Florens" dovuli oqibatida kamida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar berdi Amerika OAV. Qurbon bo‘lganlarning barchasi Shimoliy Karolinada istiqomat qilgan.
Uilmington shahrida daraxtning oila jamuljam bo‘lib o‘tirgan uy ustiga qulashi natijasida ona va uning farzandi halok bo‘lgan, ota esa kasalxonaga olib ketilgan.
Pender okrugida tez yordam shifokorlari yo‘llardagi to‘siqlar sababli yurak xurujiga uchragan ayolning uyiga o‘z vaqtida yetib kela olmagan.
Lenuar okrugida esa bir erkak kuchli shamol vaqtida generatorni ulash chog‘ida halok bo‘lgan. Ushbu hodisa tafsilotlari ma'lum qilinmagan.
Avvalroq Bloomberg axborot agentligi “Florens” dovulidan ko‘riladigan zarar kamida 27 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkinligini hisoblab chiqqandi.
Mavzuga oid
09:34 / 30.10.2018
AQShda toshqin vaqtida farzandini qo‘lidan chiqarib yuborgan ayol qotillikda ayblanmoqda
21:00 / 18.09.2018
“Florens” to‘foni 1 millionga yaqin kishini elektrsiz qoldirdi
10:01 / 18.09.2018
«Florens» po‘rtanasi qurbonlari soni 32 kishiga yetdi
12:40 / 16.09.2018