Ostona aeroportiga qo‘ngan samolyotda yong‘in chiqdi
«Eyr Astana» aviakompaniyasining Atiraudan Ostonaga parvozni amalga oshirgan Airbus A320 samolyoti aeroportga qo‘nganidan so‘ng dvigatelida yong‘in chiqdi. Ushbu hodisa tasvirlangan lavha Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasining Facebook’dagi sahifasida e'lon qilindi.
Aviakompaniya matbuot xizmatining bildirishicha, laynerning chap dvigatelida yengil yong‘in kelib chiqqan va aeroport yong‘in xavfsizligi xizmati uni o‘chirgan.
Xabar qilinishicha, hodisa yuz bergan paytda samolyotda 91 yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan.
«Aviakompaniya injyenerlik xizmati dvigateldagi nuqsonni aniqlamoqda, shundan so‘ng surishtiruv olib boriladi», — deb ma'lum qildi aviakompaniya matbuot xizmati.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
09:50 / 11.09.2024
Andijondagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi
07:31 / 11.09.2024