Jahon | 11:28 / 17.09.2018
18168
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Zaxarchenkoga suiqasdda gumonlanuvchi shaxs ba'zi tafsilotlarni oshkor qildi

Foto: RIA Novosti/Igor Maslov

O‘zini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarchenkoga suiqasdda gumonlanuvchi shaxs o‘zini qanday qilib yollashganini so‘zlab berdi. Bu haqda ReN TV telekanali xabar qilmoqda.

So‘roqning e'lon qilingan videosida qo‘lga olingan shaxs o‘zini Aleksandr Pogorelov deb tanishtiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zini Roman deb atagan Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimi uni yollagan. Unga «DXR» rahbarini yo‘q qilish» bo‘yicha ustuvor vazifa qo‘yildi.

«Uchrashuv davomida «DXR» rahbari qayerlarga borishi, qaysi muassasalarga tashrif buyurishi muhokama qilindi. U «Pushkin» restoraniga muntazam tashrif buyurganligi aniqlandi», - deydi Pogorelov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, portlovchi qurilma restoran hojatxonasiga o‘rnatish kerak bo‘lgan, sababi Zaxarchenko aynan qaysi stolga o‘tirishi avvaldan noma'lum edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya FXXning Donbassda paydo bo‘lishi tushuntirib berilgandi. 

Mavzuga oid