MAK avialaynerlari dunyoning 40dan ortiq shaharlariga parvoz qilmoqda
“Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va amalga oshirilmagan imkoniyatlar” Xalqaro konferensiyasi mamlakat tarixidagi birinchi yuqori darajadagi transport forumiga aylanadi.
So‘nggi yillar «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi rivojida eng samarali davr bo‘ldi. Ayniqsa, MAK aviaparkini modernizatsiya qilish dasturiga muvofiq «Boing» korporatsiyasi bilan oltita Boing 787-8 Drimlayner samolyotlarini olish yuzasidan imzolangan shartnoma asosida aviakompaniya flotining zamonaviy «orzu laynerlari» bilan to‘ldirilganligini alohida ta'kidlash joiz. Ularning uchtasi MAK belgisi ostida yo‘lovchilarni Yevropa, Amerika va Osiyoga davlatlariga yetkazib, havo kengliklarini zabt etmoqda.
Milliy aviatashuvchi o‘z samolyotlarining uchishga yaroqliligini mustaqil va sifatli ravishda ta'minlash imkoniga ega. «Uzbekistan Airways Technics» aviakorxonasida turli modifikatsiyadagi, jumladan Boing 787-8 Drimlayner samolyotlarini bo‘yashdan tortib kapital ta'mirlashgacha bo‘lgan murakkab ta'mirlash ishlari bajariladi. Bu yerda, nafaqat aviakompaniyaning aviaparki, balki xorijiy kompaniyalar samolyotlariga ham texnik xizmat ko‘rsatiladi.
Bugun, MAK avialaynerlari dunyoning 40 dan ortiq shaharlariga parvoz qilish bilan birga, Issiqko‘l, Maldiv orollari, Sharm-al-Shayx, Bodrum va boshqa mamlakatlarga charter qatnovlarini bajarmoqda.
Mavzuga oid
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
16:10 / 21.12.2024
Londonda O‘zbekiston transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi
10:31 / 20.12.2024
Belgradda jamoat transporti bepul bo‘ladi
16:51 / 12.12.2024