Saudiya Arabistoni Tesla raqobatchisiga 1 milliard dollardan ko‘proq sarmoya kiritmoqchi
AQShning elektrokarlar ishlab chiqaruvchi Lucid Motors kompaniyasi Saudiya Arabistoni milliy farovonlik jamg‘armasi (PIF) bilan 1 mlrd dollardan ko‘proq sarmoya ajratilishiga kelishib oldi. Pullar Arizona shtatida zavod qurish va kompaniyaning ilk elektromobili Lucid Air’ni seriyali ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
Lucid Motors 2007 yilda Kaliforniyada Tesla va Oracle kompaniyalarining sobiq xodimlari tomonidan tashkil etilgan. Kompaniya Lucid Air’ni 2016 yilda, seriyaoldi prototipini esa 2017 yilda taqdim qilgan.
PIFֹ’ning Lucid Motors’ga sarmoya ajratishi haqida 2018 yil avgusti o‘rtalaridan gapirala boshlangan. Bundan bir necha kun avval esa Tesla rahbari Ilon Mask PIF ko‘magida birjadan Tesla’ning aksiyalarini sotib olishga tayyorligini ma'lum qilgan. Keyinroq Mask kompaniyani birjadan olib chiqish g‘oyasidan voz kechib, buni sarmoyachilar iltimos qilishgani bilan tushuntirgan. PIF, shuningdek, Tesla’ning 5 foiz aksiyasiga egalik qiladi.
Mavzuga oid
13:17 / 26.12.2024
Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonning IT sohasiga investitsiya jalb etilishi mumkin
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024