Turg‘unlik holatining belgilari sanaldi
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti psixiatriya va tibbiy psixologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori Andrey Shmilovich turg‘unlik (depressiya) holatining belgilarini ma'lum qildi. Bu haqda «Izvestiya» yozmoqda.
Shmilovichning so‘zlariga ko‘ra, uchta asosiy belgi bor, ulardan birinchisi vegetativ buzilishlar bilan bog‘liq.
«Agarda odam tonggi soat beshda uyg‘onib, yuragi tez urayotgan, og‘zi quruqshab qolgan, qaddini tik tutish va tinmay xavotir tuyg‘usi bo‘yicha muammolar paydo bo‘lsa - bu birinchi belgi», - deydi Shmilovich.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ikkinchi belgi kayfiyatning ritmik o‘zgarishiga aloqador. Bunda insonning ertalabki holati nisbatan tushkun bo‘ladi.
«Klinik depressiyadan darak beruvchi uchinchi belgi - angedoniya», - deya ma'lum qildi Shmilovich.
Uning aniqlik kiritishicha, gap rohatlanish hissiyotining yo‘qolishi haqida ketmoqda.
Mavzuga oid
18:19 / 07.04.2023
O‘zbek jamiyatiga notanish tushuncha - tug‘uruqdan keyingi depressiya haqida
09:05 / 23.06.2022
Miyani qayta ishga tushirish – stress, depressiya yoki ijodiy inqirozni yengib o‘tish uchun 8 ta g‘oya
22:18 / 24.04.2021
Kardiolog qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lishning oddiy usullarini aytdi
00:33 / 11.01.2020