Jamiyat | 08:37 / 20.09.2018
12325
2 daqiqa o‘qiladi

Departament vakiliga pora bergan sobiq bank xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning Tomdi tuman bo‘limi boshlig‘i A.U.ning bildirgisiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda ATB «Agrobank» Tomdi tuman filiali sobiq boshqaruvchisi R.M. A.U.ning ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv materiali bo‘yicha unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va ishni uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 1000 AQSh dollari pora berishni taklif qilib, tanishi A.B. orqali Departamentning viloyat boshqarmasi binosi oldida taklif qilingan pul mablag‘idan 500 AQSh dollarini pora tariqasida A.U.ga bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid