O‘zbekiston | 18:15 / 21.09.2018
9003
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi «Panorama» davlat-xususiy sheriklik asosida berilishi kutilyapti

Foto: Myday

Toshkent shahridagi Cinema Palace kinoteatri (sobiq «Panorama») davlat-xususiy sheriklik asosida berilishi mumkin. Bu haqda «Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida aytiladi.

Madaniyat va san'at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obektlari ro‘yxatida 90ta obekt bor. 

Masalan, hozirda kinoteatrni “Alisher Navoiy nomli kinosaroyi” DUK boshqaradi. Bu yerdagi umumiy yer uchastkasi maydoni - 27 125 m.kv. Shundan, bino va inshootlar maydoni - 15 812,0 m.kv.

Ro‘yxatda kinoteatrdan tashqari, Toshkentdagi yana ikkita obekt ko‘rsatilgan - Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi “Gulshan” nomli Madaniyat va istirohat bog‘i hamda Mirzo Ulug‘bek tumani, Qizilsuv ko‘chasidagi 2-sonli madaniyat va aholi dam olish markazi.

Eslatib o‘tamiz, davlat-xususiy sheriklik quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi va qulayligi, bundan davlat sirini va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil qilgan ma'lumotlar mustasno;

kamsitishning yo‘qligi, bitim tomonlarining teng huquqliligi;

tomonlarning bitim bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarishi;

xavf-xatarlar va majburiyatlarning bitim tomonlari o‘rtasida adolatli taqsimlanishi;

davlat-xususiy sheriklik tomonlari o‘zaro munosabatlarining shartnomada kelishib olingan asosi.

Mavzuga oid