Jahon | 10:34 / 21.09.2018
33404
2 daqiqa o‘qiladi

Vetnam prezidenti vafot etdi

Foto: AFP/Getty Images

Vetnam prezidenti Chan Day Kuang 61 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Reuters Vetnam OAVga tayangan holda.

Prezident kasalxonada 21 sentabr kuni ertalab vafot etgan. Ta'kidlanishicha, u uzoq vaqt davomida jiddiy kasallikdan aziyat chekib kelgan.

Prezident Xanoy shahridagi harbiy gospitalda 21 sentabr kuni ertalab vafot etgan. Ta'kidlanishicha, uni davolash bilan mahalliy va xorijiy mutaxassislar shug‘ullangan.

Chan Day Kuang 2016 yilda prezidentlik lavozimini egalladi. Bundan oldin u jamoat xavfsizligi vaziri bo‘lib ishlagan. Uning rahbarligi ostidagi mahkama razvedka ma'lumotlarini yig‘ish va Vetnam Kommunistik partiyasini ichki hamda tashqi tahdidlardan ogohlantirish bilan shug‘ullangan.

Agentlikning qayd etishicha, Vetnamda birinchi darajali yetakchi yo‘q - mamlakatni rasman prezident, bosh vazir va Kommunistik partiya rahbari boshqaradi. Mutaxassislarning fikricha, prezidentlik lavozimi vakillik xarakteriga ega.

Chan Day Kuang 1956 yilning 12 oktabr kuni Ninbin provinsiyasi, Kim Son okrugi, Kuang Tiyen kommunasida tug‘ilgan. Vetnamning o‘ninchi prezidenti bo‘lgan, yuridik fanlar sohasidagi doktor, professor. 
 

Mavzuga oid