Oq uy Google va Facebook’ni tekshirishga qaror qildi
Oq uyda monopoliyaga qarshi idoralar va huquqni muhofaza qilish organlariga Google, Facebook hamda boshqa texnologiya kompaniyalariga nisbatan tekshiruvlar o‘tkazish majburiyatini yuklovchi prezidentlik farmoni tayyorlandi. Bu haqda Bloomberg hujjatning qoralama nusxasiga tayanib ma'lum qildi.
Farmon idoralarni «qandaydir onlayn-platformalar monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganini jiddiy tekshiruvdan o‘tkazishga» majbur qiladi. Bundan tashqari, davlat idoralari «onlayn-platformalar» orasida raqobatni himoya qilish va noxolis yondashuvni bartaraf etishga qaratilgan qadamlarni taklif qilishlari kerak.
Agentlikning ta'kidlashicha, aniq kompaniyalar nomi farmonda tilga olinmagan. Shunga qaramay, AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha bor Google va ijtimoiy tarmoqlarni xolis bo‘lmagani uchun tanqid ostiga olgan.
«Google, Facebook, Twitter va ijtimoiy media sohasidagi boshqa gigantlarga qarang. Men biz mamlakat sifatida siyosiy senzura, qora ro‘yxatlar hamda qidiruv natijalarini soxtalashtirish kabi narsalarni qabul qila olmasligimiz haqida aniq ma'lum qilgandim», - deya aytib o‘tgan Tramp avgust oyining oxirida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook surat va videolarda «ruslar targ‘iboti»ni qidira boshlashi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:30 / 04.10.2024
YouTube xatolik sabab yuzlab akkauntlarni spam va firibgarlik uchun bloklab qo‘ydi
19:21 / 04.10.2024
Tsukerberg dunyodagi eng badavlat insonlar reytingida Amazon asoschisini ortda qoldirdi
22:30 / 29.09.2024
Mark Sukerbergning boyligi oxirgi 2 yilda olti barobarga oshdi
00:32 / 29.09.2024