Fan-texnika | 20:50 / 24.09.2018
11201
1 daqiqa o‘qiladi

Samsung 4 ta asosiy kamerali smartfon chiqarmoqchi 

Huawei tomonidan 3 ta asosiy kamerali P20 smartfoni, ko‘rinishicha, gadjyetlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning navbatdagi poygasini boshlab bergan. Samsung  3 ta modulli asosiy kamerali smartfonni yaqinda taqdim qilgan bo‘lsa, endi gaplarga qaraganda, orqa tomonida 4 ta kamera moduli bo‘ladigan qurilmani taqdim qilmoqchi.

Galaxy A9 (Star/Pro) deb nom oladigan smartfon 11 oktabrda rasman taqdim qilinadi. AllAboutSamsung nemis resursining ma'lumotlariga ko‘ra, smartfonning asosiy kamerasi 20 Mpli bosh modul, 120 gradusli burchak ostida oluvchi 8 Mpli, hamda 10 va 5 Mpli modullardan iborat. Shuningdek, kamera 24 Mpli old kamera bilan ta'minlanadi.

Shuningdek, smartfon 6,28 dyuymli Super AMOLED-displey, 8 yadroli protsessor Qualcomm Snapdragon 660 hamda 3720 mA-soat sig‘imli akkumulyator oladi. 

Mavzuga oid