Toshkentda Oilaviy mehmon uylarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar qayerga murojaat qilishi kerak?
Turizm faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda shart-sharoitlarni yaxshilash va yangi turizm xizmatlari sohasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 631-sonli qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko‘ra oilaviy mehmon uylari Xususiy korxona yoki oilaviy korxona tartibidagi tadbirkorlik sub'yektlari hisoblanib ushbu mehmon uylarida uy egasining oila a'zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchiga 3 m2 hisobidan to‘g‘ri keladigan zaruriy turar-joy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy hisoblanishi belgilangan.
Oilaviy mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan tartibda bo‘lib, mehmon uylarni o‘rganish dalolatnomasi asosida ularni Reyestrga kiritish va Reyestrdan tegishli ko‘chirma berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bunda arizachi tomonidan Xususiy tadbirkor yoki oilaviy tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi hamda Bino va inshootga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi hujjatlarini taqdim etadi.
Toshkent shahrida Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish istagini bildirgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamentiga murojaat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024