Diqqat qidiruv: og‘ir jinoyatlarda gumon qilinayotgan shaxs qidirilmoqda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxs qidirilmoqda. Bu haqda ShIIBB saytida e'lon berilgan.
«Og‘ir jinoyat sodir qilganlikda gumonlanuvchi, 1991 yilda tug‘ilgan, Olmazor tumanida yashovchi Jo‘rayev Shohrux Qobil o‘g‘li qidirilmoqda. Gumonlanuvchi xavfli, yonida pichog‘i bor, qarshi kuch ishlatishi mumkin
Hurmatli shahar aholisi va mehmonlari! Agar sizga gumondorning qayerdaligi ma'lum bo‘lsa, quyidagi telefon raqamlari orqali ma'lum qilishlaringizni iltimos qilamiz: 102, 272-98-39, 231-95-13, (98) 362-51-14. ShIIBB qo‘ng‘iroq qilgan shaxsning shaxsi sir saqlanishini to‘liq kafolatlaydi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgustida internetda «Spark» va «Jiguli» avtomobillaridagi bir guruh shaxslar o‘rtasida sodir bo‘lgan hodisa tasvirlangan video tarqaldi. Unda bir guruh bezorilar bir yigitni ko‘chada to‘xtatib, mashinasining oynalarini sindirishgan va o‘zini esa do‘pposlashgani tasvirlangandi.
Ko‘p o‘tmasdan poytaxt IIBB axborot xizmati hodisa tafsilotlarini ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, jabrlanuvchi – 23 yoshli A.Botirjon tanishi Shoxruhdan pul qarz olib, oxirgi 500 ming so‘mni qaytarolmagan. Jo‘rayev Shoxruh o‘z sheriklari Bekzod Nuriddinov, G.Ziyovuddin, M.Muzaffar va I.Abdug‘ani bilan «Vatan» kinoteatri yonida A.Botirjon va M.Jasur bo‘lgan «Spark» mashinasini to‘xtatishgandi.
Keyinroq Shoxruh Jo‘rayev va Bekzod Nuriddinov qidiruvga berilgandi. Tez orada 31 yoshli Bekzod Nuritdinov qo‘lga olindi, Shoxruh Jo‘rayev esa hamon qidirilmoqda.
Mavzuga oid
19:10
Toshkentda shifokor muolaja paytida mijoz ayolni o‘pib oldi
16:27
Toshkentda “tosh tagidan xazina topgan” xavfli retsividist yana uzoq yilga qamaldi
18:36 / 26.09.2024
Toshkentda 63 yoshli erkak avtobusda vafot etdi
17:45 / 25.09.2024