Jahon | 19:18 / 26.09.2018
23734
3 daqiqa o‘qiladi

Siyosatchi onalar (fotojamlanma)

Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardernning BMT bosh assambleyasida o‘zining uch oylik chaqalog‘i Neve bilan borgani barchaning yuziga tabassum yugurishiga sabab bo‘ldi.

Foto: REUTERS/Carlo Allegri

Ardern xonim BMT Bosh assambleyasida emizikli bolasi bilan qatnashgan birinchi ayol bo‘ldi. Siyosiy rahbarlik lavozimida turib farzandli bo‘lish esa oldinroq faqat Pokistonning mashhur bosh vaziri Benazir Bxuttoga nasib etgan.

Mamlakat rahbarlari orasida yosh bolalilar ko‘p topilmasa ham, siyosatchilar orasida bunday ayollar talaygina. Keling, ularning ba'zilari bilan tanishsak.

Foto: Temmi Dakuort

1. Temmi Dakuort. Amerikalik senator. Surat 2018 yilning 18 iyunida olingan. Ushbu senator Donald Trampning migratsion siyosatiga qarshi namoyishda qatnashmoqda.

Foto: Yuka Ogata

2. Yuka Ogata. Yaponiyaning Kumamoto shahar assambleyasi a'zosi tashkilot majlisida 7 oylik farzandi bilan qatnashmoqda.

Foto: Jyutti Guteland

3. Yevroparlamentning shvetsiyalik vakilasi Jyutti Guteland farzandi bilan ovoz berish jarayonida. 2017 yil, 14 mart. Strasburg, Fransiya.

Foto: Jyutti Guteland

4. Yana Guteland xonim. Biroq bu Yevroparlamentning boshqa yig‘ilishi.

FotoAnnelis Dods

5. Yevroparlamentning buyuk britaniyalik a'zosi Annelis Dods ovoz berish jarayonida. 2016 yil, 7 iyun. Strasburg, Fransiya.

Foto: Karolina Beskansa

6. 2016 yil 13 yanvar. «Biz uddalaymiz» partiyasi deputati Karolina Beskansa o‘g‘li Diyego bilan parlament yig‘ilishida.

Foto: Lisiya Ronzulli

7. 2010 yil 16 dekabr. Italiyaning Yevroparlamentdagi vakilasi Lisiya Ronzulli tashkilotning Strasburgdagi yig‘ilishida qatnashmoqda.

Foto: Lisiya Ronzulli

8. 2013 yil 19 noyabr. Bu ham Ronzulli xonim. Uning qizalog‘i Vitoria katta bo‘lib qolganida ham onasi bilan ishga borishni kanda qilmagan.

Foto: Xanna Dal

9. Daniyaning Yevroparlamentdagi a'zosi Xanna Dal farzandini siyosiy yig‘ilish chog‘ida ham zeriktirib qo‘ymaydi.

10. 2018 yil 24 sentabr. Nyu-York. Yangi Zellandiya bosh vaziri Jasinda Ardern uch oylik qizchasi Neve bilan. Qizaloqqa maxsus akkreditatsiya ham tayyorlangan. Uning siyosiy maqomi ham ajoyib: Birinchi bola. Xuddi Birinchi xonim deyilgani kabi.

Mavzuga oid