Daniyalik biolog bahaybat timsoh bilan xavfli tryuk qildi (video)
Daniyalik 22 yashar biolog Nils Jyensen va uning do‘sti Avstraliyadagi yovvoiy tabiat bag‘rida qurilgan xiyobonga sayohat qilishdi. Va u yerda bahaybat timsoh bilan hayot uchun o‘ta xavfli tryuk qilishdi, deb xabar bermoqda The Sun.
Sayyoh 4,7 metr keladigan timsohni vallabi (kengurular oilasiga kiruvchi uncha katta bo‘lmagan jonzot) go‘shti bilan siyladi. Yirtqich go‘shtni paqqos tushirayotgan vaqt, Nils uning yelkasiga o‘tirib oldi.
Biologning aytishicha, bu juda qiziqarli, shu bilan birga, juda xavfli ham bo‘lgan.
“Men o‘zim uchun yangi bo‘lgan turlar bilan tanishini yaxshi ko‘raman. Menga timsoh yoniga yaqinlashish imkoniyati paydo bo‘lsa, bu ishni amalga oshirishga majburman. Ko‘pchilik meni telba ham deb ataydi”, — dedi u.
Biolog yovvoiy tabiat bag‘rida tushgan surat va videolarini tez-tez ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilib turadi. Uni hatto “daniyalik Timsoh Dandi” deb ham atashadi.
Avstraliya hukumati sayyohning bu ishini qoraladi. “Videoda ko‘rsatilgan xatti-harakat xavfli va shafqatsiz. Biz timsohlarga nisbatan bunday munosabatni oqlamaymiz”, — dedi mamlakat yovvoiy tabiatni muhofaza qilish bo‘limi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Treysi Duldig.
Mavzuga oid
01:00 / 29.09.2024
Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
12:00 / 13.10.2022
O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilmoqchi bo‘lgan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi
11:32 / 02.09.2022
Toshkent aeroportida aniqlangan timsoh bolalari hayvonot bog‘iga topshirildi
14:23 / 31.08.2022