Sport | 20:42 / 27.09.2018
11353
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» 7ta gol urilgan o‘yinda «Qo‘qon-1912»ni yengib, O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqdi

Qo'qon-1912 PFK

O‘zbekiston Kubogining yarimfinalidan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.

«Paxtakor» safarda «Qo‘qon-1912» bilan bellashdi va 5:2 hisobida g‘alaba qozonib, finalga chiqdi.

Toshkentliklar 1-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Tiago Bezerra qulay imkoniyatdan foydalanib, to‘pni mezbonlar darvozasiga yo‘lladi. Biroq, «Qo‘qon-1912» tezda hisobni tenglashtirishga erishdi. Murod Xolmuhammedov penaltini aniq amalga oshirdi. 21-daqiqada Dilshod Rahmatullayev uzoqdan chiroyli zarba yo‘llab, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Shundan so‘ng, «Paxtakor» yana uch marta mezbonlarni xatolari uchun jazoladi. Gollar Ismoil Gonsalvesh, Jaloliddin Masharipov va Tiago Bezerra hisobiga yozildi. So‘nggi daqiqalarda «Qo‘qon-1912» yarimhimoyachisi Suhrob Berdiyevning zarbasidan so‘ng, to‘p Igor Sergeyevga tegib, darvozaga kirib ketdi.

«Paxtakor»ning finaldagi raqibi 27 sentabr kuni «Bunyodkor» - OKMK o‘yinidan so‘ng aniqlanadi. Final bahsi 28 oktabr kuni Farg‘onaning «Istiqlol» stadionida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston kubogi, 1/2 final
27 sentabr
«Qo‘qon-1912» – «Paxtakor» - 2:5
Gollar: Murod Xolmuhammedov (6 pen), Igor Sergeyev (90+1 avtogol) - Tiago Bezerra (1, 77), Dilshod Rahmatullayev (20), Ismoil Gonsalvesh (45+1), Jaloliddin Masharipov (66)

Mavzuga oid