O‘zbekiston | 12:46 / 27.09.2018
22180
1 daqiqa o‘qiladi

Senatorlar O‘zbekistonda Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilashni ma'qullashdi

Senatorlar ​«O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risidagi qonun​»​ni ma'qulladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Ma'lum qilinishicha, endilikda 5 aprel, ma'qullangan qonunga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilandi. 

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 5 aprelida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzolagandi. Undan avvalroq, Senatning XIV yalpi majlisida senatorlar «Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini yoqlab ovoz bergan.​ ​

Mavzuga oid