Dushanbeda MDH sammiti boshlandi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi «Ko‘hi somon» saroyida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlandi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.
Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi.
Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, unda nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev jahonda jadal o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi zarurligini, ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilayotganini ta'kidlagan.
«O‘tgan yil O‘zbekistonning MDHdagi faoliyatida yangi bosqich bo‘ldi. Mamlakatimiz Hamdo‘stlikning iqtisodiyot, energetika, fan va innovatsiyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashish kabi sohalarni qamrab olgan 10dan ortiq tarmoq organlariga qo‘shildi. Joriy yil boshidan O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi jadal o‘smoqda.
Mamlakatimiz tashabbuslari MDH mintaqasida savdo, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda», deyilgan xabarda.
Sammitda Shavkat Mirziyoyev ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb va istiqbolli yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tgan.
O‘zbekiston 2020 yilda MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisini o‘tkazishga tayyor ekanini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
20:19 / 08.08.2024
Tojikistonda Xitoy bilan hamkorlikda harbiy baza qurilishi rad etildi
09:59 / 19.01.2024
Bryussel Dushanbeni jurnalistlarga bosim o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirdi
00:23 / 14.10.2023
Putin Falastin-Isroil mojarosi, xorijga tashriflari, dollar va rubl haqidagi fikrlarini aytdi
22:15 / 13.10.2023