Foto: Qirg‘iziston prezidenti AQShga oddiy reys bilan borib keldi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov AQShga va ortga oddiy reysda parvoz qildi, deb xabar bermoqda OAV.
Kuni kecha Qirg‘iziston prezidenti BMT Bosh assambleyasining Nyu-Yorkdagi sessiyasida ishtirok etdi.
Siyosatshunos Temirlan Sarlikbek o‘g‘li samolyot bortida prezident bilan selfi qildi va u o‘z oddiyligi bilan barchani hayratga solganini ta'kidladi.
«U «Manas» dostoni, tarixiy qahramonlar va hodisalar, shuningdek, yangi katta loyihaning boshlanishi haqida gapirib berdi», - deya yozdi siyosatshunos Facebook’dagi o‘z sahifasida.
Jeenbekov bilan selfini Qirg‘iziston Qizil yarim oy Milliy jamiyati prezidenti Azamat Bayalinov ham e'lon qildi.
«Prezidentimiz Nyu-Yorkka qanday parvoz qilgani va ortga qaytgani haqida savollar tushgandi. Javob esa bunday - oddiy reysda. Ajoyib», - deya yozgan Bayalinov.
Ma'lumotlarga ko‘ra, avvalroq Sooronbay Jeenbekov Moskva va O‘shga ham xuddi shunday reys bilan parvoz qilgan.
Mavzuga oid
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024
Sadir Japarov Yevroparlamentni Qirg‘iziston siyosatiga aralashmaslikka chaqirdi
18:05 / 20.12.2024
Sadir Japarov: Qirg‘izistonda tejalgan har bir litr suv qo‘shnilarimizga yordamdir
17:37 / 20.12.2024