Ilon Mask: «Men firibgar emasman»
Tesla kompaniyasining bosh direktori Ilon Mask AQShning qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi tomonidan unga qarshi qo‘yilgan da'volarga munosabat bildirdi. Bu haqda CNBC xabar qilmoqda.
Maskning ma'lum qilishicha, firibgarlik bo‘yicha ayblovlarni asossiz deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu da'volardan juda xafa bo‘lgan va qayg‘udadir.
«Men har doim haqiqat, oshkoralik va investorlar manfaatlarini ko‘zlaganman. Halollik hayotimdagi eng muhim qadriyatdir va dalillar men buni hech qanday tarzda buzmaganimni isbotlaydi», - dedi Mask.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Maskni sudga berishgandi.
Tadbirkor Endryu Left Tesla asoschisi Ilon Maskni sudga berdi. Leftning bildirishicha, konsern asoschisi Tesla aksiyalari narxi bilan manipulyatsiya qilib, birja firibgarliklarini amalga oshirgan.
Mavzuga oid
23:56 / 04.10.2024
Tesla AQShdagi eng hamyonbop modeli savdosini to‘xtatdi
11:15 / 02.10.2024
Floridada “Helen” to‘foni sabab suv bosgan garajda Tesla avtomobili yonib ketdi
22:34 / 30.09.2024
Ilon Mask «dronlar to‘dasi» o‘rtasida janglar sodir bo‘lishidan ogohlantirdi
21:50 / 28.09.2024