Indoneziyaning markaziy ko‘chalarida O‘zbekistondagi yangi turizm yo‘nalishlari targ‘ib qilinmoqda
Jakarta (Indoneziya)ning markaziy ko‘chalariga O‘zbekistonning turistik salohiyatini targ‘ib qiluvchi bilbordlar o‘rnatildi. KUN.UZ muxbiri Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Mazkur bilbordlarda O‘zbekiston uchun an'anaviy turizm turlari bilan birga yangi - qishki turizm va gastronomik turizm kabi yo‘nalishlar ham targ‘ib qilinmoqda. Shuningdek, bilbordlarda jakartaliklarda katta qiziqish uyg‘otuvchi Al-Buxoriy majmuasi va Registonning suratini ham ko‘rish mumkin.
Ta'kidlash joizki, 7 sentabr kuni Indoneziya poytaxtida “Kompas Travel Fair – 2018” xalqaro turistik ko‘rgazmasiga start berilgan. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi turizm salohiyatini targ‘ibot qiluvchi stend bilan qatnashgan. Tashrif buyuruvchilarning asosiy qismi “Ziyorat turizmi”ga qiziqish bildirgan.
Bundan tashqari, Indoneziya fuqarolari uchun vizasiz rejimning joriy qilingani hamda Toshkent-Jidda yo‘nalishida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgani O‘zbekiston stendi mehmonlarini juda quvontirdi.
Ko‘rgazma tashkilot qo‘mitasi rahbari Diana Eka Puspita Indoneziya sayyohlari orasida O‘zbekistonga qiziqish tobora ortib borayotganini ta'kidladi. Uning fikricha, tadbirda O‘zbekistonning milliy stend bilan qatnashishi indoneziyaliklarda mamlakatga oid ma'lumotlarni yanada ko‘paytirish hamda sayyohlar oqimining ko‘payishiga olib keladi.
Mavzuga oid
15:21 / 20.12.2024
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
15:29 / 19.12.2024
Indoneziyada ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tufayli favqulodda holat e’lon qilindi
19:31 / 05.12.2024
Apple Indoneziyadagi ishlab chiqarish korxonalariga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
17:26 / 13.11.2024