Jamiyat | 22:55 / 28.09.2018
90596
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 11 yoshli qizcha zo‘rlanib, o‘ldirilgan

Joriy haftada Surxondaryo viloyati Uzun tumani Malandiyon mahallasida mudhish qotillik yuz berdi. Asli kasbi usta bo‘lgan erkak mahalladoshining uyiga kirib, ularning 11 yoshli qizini zo‘rlab, keyinchalik o‘ldirishda ayblanmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri. 

Qotillikda ayblanayotgan gumondor 1989 yilda tug‘ilgan, oilali shaxs bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, qizchaning onasi uy bekasi. U o‘sha kuni paxta terimida bo‘lgan, otasi esa Rossiyaga ishlashga ketgan. O‘ldirilgan qiz esa tumandagi 6-maktab o‘quvchisi edi. 

Hozirda Surxondaryo viloyat prokuraturasi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi «v» va «z» bandlari, ya'ni aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsning nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda qasddan odam o‘ldirish ayblari qo‘yilgan. 

Ayni vaqtda prokuratura tomonidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid