Tojikiston prezidenti MDH davlat rahbarlari uchun kechki sayr tashkil etdi (foto, video)
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon MDHga a'zo davlatlar rahbarlari va MDHga a'zo davlatlar yetakchilari kengashi yig‘ilishi ishtirokchilari delegatsiyasi rahbarlari uchun Do‘stlik kechasini tashkillashtirdi.
Do‘stlik kechasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Moldova rahbari Igor Dodon, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin, O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan birgalikda kechki sayrga chiqdi. Ular Tojikiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ham tanishishgan.
Ko‘rgazmada Tojikistonning meva-sabzavotlari, quruq mevalari, asali va boshqa mahsulotlari taqdim etildi.
Tojikiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va milliy taomlari ko‘rgazmasi ushbu davlat hukumati qarorgohida tashkil etildi.
Tadbirda ta'kidlanishicha, taqdim etilgan mahsulotlar eksportga chiqariladi, Tojikiston esa MDHga a'zo va boshqa barcha manfaatdor davlatlar bilan yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetkazib berish maqsadida hamkorlik qilishga tayyordir.
Mavzuga oid
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024
Tojikiston o‘z fuqarolariga Rossiyaga safar qilmaslikni tavsiya etdi
20:00 / 02.09.2024
Imomali Rahmon bolalar va o‘qituvchilarni o‘zini kutib olish tadbirlariga chaqirishni taqiqladi
08:47 / 30.08.2024