«Umuman tushunarsiz». Vengriya TIV rahbari Ukraina bo‘yicha bayonot berdi
Vengriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Peter Siyyarto Ukraina o‘z qo‘shinlarini Vengriya bilan chegaraga ko‘chirish niyatida ekani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
Vengriya tashqi ishlar vazirining ma'lum qilishicha, mamlakat ushbu ma'lumot tarqalgani tufayli biroz tushunarsiz holatda turibdi.
«Ular NATOga a'zo bo‘lgan davlat bilan chegaraga o‘z qo‘shinlarini ko‘chirayotgani juda noodatiy holatdir. Bunda qanday ma'no bor - siz ulardan so‘rashingiz kerak, men javobni bilmayman», - dedi Siyyarto.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya - Ukraina ziddiyati kuchaygani, Vengriya tahdid bilan chiqqani xabar berilgandi.
Vengriya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Peter Siyyarto Budapesht Kiyevning harakatlariga xuddi o‘zidek javob qaytarishi haqida ogohlantirgan.
Mavzuga oid
11:00
RFda Ukrainaga qarshi urush qatnashchilari imtiyozli ipotekani ololmaydi
08:43
Ukraina MV demobilizatsiya to‘g‘risidagi qonunni tayyorlashni kechiktirishni so‘radi
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:22 / 24.12.2024