O‘zbekiston | 13:10 / 30.09.2018
24910
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Agraga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga bordi. 

Davlat rahbari dastlab Agra shahriga tashrif buyurdi. O‘zbekiston delegatsiyasi aeroportda tantanali kutib olingan.

Prezident bu yerda jahonga mashhur Toj mahal obidasini borib ko‘radi.

Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 1 oktabr kuni Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid