Motor moylarini noqonuniy o‘tkazish evaziga bojxonachiga pora taklif qilgan shaxslar ushlandi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona postida bojxona xodimiga pora berishga uringan 2 nafar qonunbuzarning jinoiy faoliyati fosh etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Fuqaro A.S. O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan motor moylarini “Navoiy” chegara bojxona posti orqali bojxona rasmiylashtiruvisiz olib o‘tib berish evaziga bojxona xodimi M.A.ga 2000 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan. Uning bu noqonuniy taklifiga o‘z vaqtida chora ko‘rish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli boshqarmalari tomonidan mazkur postda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.S. 4753 kg. motor moylarini rasmiylashtirmaslik evaziga, 600 AQSh dollari miqdoridagi pullarni bojxona xodimi M.A.ning xizmat xonasida berayotgan vaqtda ushlandi.
Shundan so‘ng fuqaro A.S. pora tariqasida berilgan pul va motor moylari aslida fuqaro K.Sh.ga tegishli ekanini bayon qildi.
Tadbir davomida, fuqaro K.Sh. bojxona xodimi M.A.ga pora tariqasida berish uchun yana qo‘shimcha 800.000 so‘m pullarni A.S.ga taqdim etayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
13:14 / 12.09.2024
Toshkent viloyatidan yana 14 ta mahalla qisman Yangi Toshkent hududiga o‘tkazilmoqda
11:45 / 12.09.2024
Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi ta’minoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd so‘m to‘ladi
15:48 / 10.09.2024
Toshkent viloyatidagi bo‘yoq zavodida yong‘in chiqdi
10:36 / 06.09.2024