Apple va Amazon o‘z texnikalarida Xitoy josuslik chiplari borligi haqidagi xabarlarga izoh berdi
Apple, Amazon va Supremico kompaniyalari kompyuterlari hamda boshqa elektron qurilmalarida Xitoydan josuslik chiplari mavjudligi haqidagi xabarga aniqlik kirituvchi bayonot bilan chiqishdi. Bu haqda Bloomberg kompaniyalar bayonotlariga asoslanib yozmoqda.
Kompaniyalarning bayonotlariga ko‘ra, ularning vakillari o‘z texnikalarida hech qachon hech qanday shubhali chiplarni topishmagan.
O‘z navbatida, Xitoy Tashqi ishlar vazirligidan ta'kidlashlaricha, Pekin xalqaro kiberxavfsizlik normalari himoyachisi sanaladi va bu sohada jahon hamjamiyati birgalikda ish olib borishining tarafdoridir. Shuningdek, vazirlikdan eslatishlaricha, 2011 yilda BMTga «Axborot xavfsizligi sohasida xatti-harakatlar xalqaro kodeksi»ni qabul qilish taklifi bilan chiqqan.
Avvalroq, Bloomberg Markaziy razvedka boshqarmasi Apple hamda Amazon kompyuterlari va gadjyetlarida josuslik chiplarini topgani, ular texnikalarga Xitoyda o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
22:57 / 28.09.2024
Apple OpenAI kompaniyasini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:48 / 18.09.2024