Ilon Mask o‘zini 20 mln dollarlik jarimaga tortgan idoraning ustidan kuldi
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask tvitterdagi o‘z sahifasida AQSh qimmatbaho qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasining ustidan kuldi.
Avvalroq, ushbu idora va Mask Tesla asoschisiga firibgarlik bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni sudga qadar tartibda hal qilgani xabar berilgandi. Komissiya Maskdan Tesla direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketishni hamda 20 million dollar jarima to‘lashni talab qildi.
«Shunchaki shuni aytmoqchimanki, Boyish bo‘yicha firibgarlik komissiyasi (Shortseller Enrichment Commission, idoraning haqiqiy nomi - Securities and Exchange Commission. - tah.) ajoyib ish qilmoqda», - deya yozadi Mask.
Shuningdek, u komissiyaga nomni o‘zi o‘ylab topganga o‘zgartirishni maslahat berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask bir kunda 1,5 mlrd dollar yo‘qotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:56 / 04.10.2024
Tesla AQShdagi eng hamyonbop modeli savdosini to‘xtatdi
11:15 / 02.10.2024
Floridada “Helen” to‘foni sabab suv bosgan garajda Tesla avtomobili yonib ketdi
22:34 / 30.09.2024
Ilon Mask «dronlar to‘dasi» o‘rtasida janglar sodir bo‘lishidan ogohlantirdi
21:50 / 28.09.2024