Jahon | 14:35 / 05.10.2018
24333
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya sobiq prezidenti poraxo‘rlik uchun 15 yilga qamaldi

Foto: AFP

Janubiy Koreya sobiq prezidenti Li Myon Bak poraxo‘rlik uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

2008 yildan 2013 yilgacha prezidentlik lavozimini egallagan Janubiy Koreya sobiq rahbarini turli kompaniyalar, jumladan, Samsung’dan pora sifatida 10 million dollar miqdorida pul olishda ayblashmoqda. Li Myon Bakning o‘zi qo‘yilgan ayblarni inkor etyapti.

Li Myon Bak qamoqqa tushib qolgan Janubiy Koreyaning to‘rtinchi prezidenti bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xening qamoq muddati 25 yilgacha oshirilgandi.

Mavzuga oid