Sport | 13:13 / 06.10.2018
25734
3 daqiqa o‘qiladi

AIBA mashmashasi. Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi bayonot berdi

Ko‘plab davlatlardagi milliy boks federatsiyalari rahbarlari Xalqaro boks uyushmasi (AIBA) bilan bog‘liq vaziyatda va Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bilan uni to‘g‘irlash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha Rossiya tomonining pozitsiyasiga qo‘shilmoqda. Bu haqda Rossiya Boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev «RIA Novosti»ga ma'lum qildi.

Kremlev juma kuni XOQni AIBA yangi rahbari saylovlariga aralashmaslikka chaqirdi. 2017 yilning noyabrida AIBA ijro qo‘mitasi Ching-Kuo Vuni tashkilot prezidenti lavozimidan vaqtinchalik chetlatish haqida qaror qabul qildi. Keyinchalik, uyushmani 11 yil boshqargan Vu iste'foga chiqdi. AIBA vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘lib Franko Falchinelli ishladi, 2018 yil yanvar oyida O‘zbekiston vakili G‘ofur Rahimov tashkilot prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Rahimov AIBA raisligiga yagona nomzod sanaladi. AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish bo‘yicha departament sanksiyalar ro‘yxatiga Rahimovni kiritgach, XOQ nomzodga uning ushbu lavozimga o‘z nomzodini ilgari surishi boksning olimpiya maqomini saqlab qolish masalasiga ta'sir qilishi mumkinligi haqida xabar berdi.

«Gap XOQ bilan jang haqida ketayotgani yo‘q, biroq biz jim o‘tirishimiz kerak emas, - dedi Kremlev. - Men hech kimni haqorat qilmadim, qoidalar bo‘yicha pozitsiyani bildirdim - Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va AIBA aynan shuning uchun tashkil etilgan. Biz buzishimiz emas, balki yaratishimiz lozim. AIBA hozirda yomon holatda turibdi, men bundan qanday qilib eng yaxshi yo‘l bilan chiqib ketish haqida birgalikda o‘ylab ko‘rishga chaqirdim. Bu faqatgina mening fikrim emas, ko‘pgina milliy federatsiyalar bizning umumiy pozitsiyamizni ifoda etishimni so‘rashdi».

«Bizga tahdid qilish va u yoki buni qilishni maslahat berish nega kerak? - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi agentlik suhbatdoshi. - Bizning barchamizni, jumladan, XOQ qarshi chiqqan Rahimovni ham Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga yig‘ish yaxshiroq bo‘lar edi. AIBA’dagi barcha muammolarni ochiqdan-ochiq muhokama qilib olish zarur».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XOQ G‘ofur Rahimovga 2018 yilgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlariga borishni taqiqlagandi

Mavzuga oid