O‘zbekiston | 16:42 / 06.10.2018
43937
2 daqiqa o‘qiladi

To‘lov-kontraktni to‘lash muddati yana uzaytirildi 

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2018 yil 5 oktabrdagi 11-sonli bayoni bilan respublika oliy ta'lim muassasalarining bakalavriati va magistraturasiga 2018/2019 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati 2018 yilning 31 oktabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi.

Ma'lumot uchun, mahalliy oliygohda belgilangan to‘lov-kontrakti bir yil uchun o‘rtacha 8,2 million so‘mdan boshlab 12 million atrofida to‘xtaydi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida esa bu raqam 18-22 million atrofida belgilangan. Shuningdek, kirish imtihonlarida o‘qishdan yiqilgan abituriyentlar o‘qishni super-kontrakti arzonroq OTMga ko‘chirishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliygohlarda to‘lov-kontraktni to‘lash muddati 2018 yilning 30 sentabriga qadar uzaytirilgandi.

Mavzuga oid