Jahon | 14:21 / 06.10.2018
7323
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Azov dengizining bir qismini yopib qo‘ymoqchi

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina mamlakat armiyasining mashqlari vaqtida Azov dengizining bir qismini yopib qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» jurnalist Andrey Klimenkoga asoslanib xabar berdi.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Azov dengizining Berdyansk shahri va Donetsk oblastidagi Yalta posyolkasi hududiga yaqin qismi 9 oktabrdan 12 oktabrgacha yopiladi.

Ta'kidlanishicha, bu mashqlar paytida amalga oshiriladigan artilleriya otishmalari bilan aloqadordir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Azov dengizi yaqinida harbiy mashqlar o‘tkazgandi.

 

Mavzuga oid