O‘zbekiston | 08:26 / 06.10.2018
42039
3 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Bosh prokuraturaga yangi vazifalar yuklandi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Hisob palatasi va Bosh prokuraturasiga: 

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining aniq amaliy natijalarga erishilishi ta'minlanmasdan turib, yuzaki bajarilishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijro holati to‘g‘risida ma'lumotlarning «Ijro.gov.uz» tizimi orqali o‘z vaqtida taqdim etilishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatish; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro holatini vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida har oyda muhokama qilinishini ta'minlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borish; 

byurokratik to‘siqlar va muammolarni hal etish muddatlarining cho‘zilishi holatlarini bartaraf etish orqali vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijro etilishida doimiy ravishda ko‘maklashib borish vazifalari yuklandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarmagan, shuningdek, «Ijro.gov.uz» tizimi orqali ijro holati to‘g‘risida ma'lumotlarni to‘liq bo‘lmagan holda, noto‘g‘ri va kechiktirib taqdim etgan, buyruqbozlikka va masalalarni hal etishda muddat buzilishiga yo‘l qo‘ygan vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarini javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritib boradi; 

vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga «Ijro.gov.uz» tizimi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining ijrosi holati to‘g‘risida ma'lumotlarni to‘liq bo‘lmagan holda, noto‘g‘ri va kechiktirib taqdim etgan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritib boradi. 

Belgilanishicha, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining taqdimnomalari va talablari bajarilmagan taqdirda tegishli materiallar javobgarlik choralarini ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taqdim etiladi.

Mavzuga oid