Jahon | 12:00 / 07.10.2018
13580
1 daqiqa o‘qiladi

Interpol prezidenti oilasi politsiya himoyasiga olindi

Foto: EPA

Interpol prezidenti Men Xunveyning yo‘qolishini tergov qilayotgan Fransiya politsiyasi uning oilasini himoya ostiga oldi.  

Fransiya ichki ishlar vazirining ma'lum qilishicha, Xunveyning oilasi Interpol bosh qarorgohi joylashgan Lion shahrida kuzatuv ostiga olingan. Bunga Xunveyning rafiqasiga telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali tahdidlar qilinayotgani sabab bo‘lgan.

Xunvey 25 sentabrda yurtiga ta'til olgani borganida izsiz yo‘qolgan. U 1972 yildan beri Xitoy hukumatida turli lavozimlarni egallab kelgan.

OAVning ma'lum qilishicha, Interpol rahbari Xitoy hukumati tomonidan hibsda ushlab turilibdi. South China Morning Post nashrining ta'kidlashicha, Xunvey Xitoyga kelishi bilanoq so‘roq qilingani ushlangan. Uning yo‘qolgani haqida rafiqasi ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid