Jahon | 21:50 / 07.10.2018
29794
1 daqiqa o‘qiladi

Interpol rahbarining rafiqasi erining yo‘qolishi oldidan undan g‘alati surat olganini ma'lum qildi 

Foto: AP Photo / Wong Maye-E

Bir necha kun avval izsiz yo‘qolib qolgan Interpol prezidenti Men Xunveyning rafiqasi Greys Menning ta'kidlashicha, eri yo‘qolishi oldidan unga pichoq surati ilova qilingan xabar jo‘natgan. Bu haqda WDAM7 nashri ma'lum qildi

Ayolning Lionda jurnalistlarga ma'lum qilishicha, uning fikricha eri 25 sentabrda jo‘natgan surat orqali xavf ostida ekanligini ma'lum qilmoqchi bo‘lgan. Ayolning aytishicha, eri suratni yuborishidan 4 daqiqa avvalroq “Qo‘ng‘irog‘imni kut” degan yozuvli xabar jo‘natgan. Greys Menning aytishicha, shundan keyin eri bilan aloqa uzilgan va u qayerdaligini bilmaydi.

Xitoy tomonining ma'lum qilishicha, Xitoyda jamoat xavfsizligi vaziri o‘rinbosarini egallovchi Men Xunvey qonunni buzishda ayblanmoqda va unga nisbatan tergov olib borilmoqda. 

Mavzuga oid