Ingushetiya birinchi prezidenti namoyishchilarga chaqiriq bilan chiqdi
Ingushetiya birinchi prezidenti Ruslan Aushev Magas shahridagi mitingda nutq so‘zlab, namoyishchilarni rasmiylar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun vakillarini yuborishga chaqirdi, deya xabar beradi RIA Novosti.
U namoyishchilarga qonun doirasida qolish zarur ekanligini eslatgan.
«Bugun faqat Rossiya Federatsiyasi qonunlariga binoan harakat qilish kerak... Ingushetiya Respublikasining qonunlari va vaynax urf-odatlariga muvofiq... Men sizlarga birinchi prezident sifatida har bir jamoatdan eng obro‘li odamlarning tashkiliy qo‘mitasini tashkil etish taklifi bilan chiqdim, bu tashkiliy qo‘mita Ingushetiya Respublikasi hokimiyat organlari bilan ishlashi lozim», - dedi Aushev.
Magas markazida namoyishlar payshanba kunidan beri davom etmoqda. Uning ishtirokchilari Checheniston bilan chegara bo‘yicha kelishuvdan norozi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Ingushetiya bilan chegara to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi.
Mavzuga oid
15:52 / 01.01.2025
Grozniy, 30 yil oldin: katta urush boshlanishi fotosuratlar va muxbirlarning xotiralarida
19:31 / 30.12.2024
Chechenistonda kriptovaluta mayningi bilan shug‘ullanuvchilar terrorchilarga tenglashtiriladi
19:09 / 28.12.2024
O‘zbekistonlik amaldorlarga suiqasd: «chechen izi» va Qodirov tahdidi
07:56 / 28.12.2024